Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Manzura Valiyeva 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.

#Deputat_axboroti #tumandeputatlari #shayxontohur

🏛 Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Manzura Valiyeva 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi. 

💡 Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar Kengashi a’zolari hamda deputat tomonidan chorak davomida amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari asosida koʻrilgan choralar hamda mahalla infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berildi.

📈 Deputat M.Valiyeva 2026-yilning birinchi choragida tumanda ijtimoiy-iqtisodiy dastur ijrosi, mahallalar hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, “Yangiobod” va “Kamolon darvoza” mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida yordam koʻrsatilgani, deputat va “mahalla yettiligi” hamkorligi natijasida tadbirkorlik istagini bildirgan 6 nafar fuqarolarga mikro kreditlar ajratilgani, 9 nafar fuqarolar kasbga o’qitilgani, 12 nafari ishga joylashtirilgani haqida maʼlumot berib oʻtdi. 

📈 Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla hududlarida havfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikni oldini olish uchun amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ham ma’lumotlar taqdim etildi.  

📝 Uchrashuv davomida deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi. Mahallalarda infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muhit hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha muhokama qilindi. 

✍️ Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar koʻrilishi, deputat nazoratiga olinishi va hal etish boʻyicha ishlar davom ettirilishi hamda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish deputatlik faoliyatining asosiy ustuvor yoʻnalish ekani qayd etildi.