Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holati o‘rganildi
янв.21
“Chinor” mahallasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyotda shaffoflik va adolat: Prezident farmoni ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati deputat nazoratida
янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Fuqarolar manfaatlarini ta’minlash yo‘lida

 🔹Mahalliy kengash raisi tomonidan keng ko‘lamli islohotlar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning mazmuni hamda ularning aholi hayotidagi ahamiyati, ya’ni amaliyotdagi ijrosi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni bo‘yicha atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi. “Mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. 

🔹Deputat dolzarb masalalar: yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida hududdagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan ishlar samaradorligi hamda jismoniy madaniyat va sport turlariga e’tibor, shu bilan birga maktabda sport to‘garaklarini yanada rivojlantirish orqali o‘smir-yoshlar o‘rtasida vatanparvarlikni keng targ‘ib qilish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Maktabdagi mashg‘ulot zali, sport jihozlarining holati, o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi va yosh sportchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1