Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Universitet talaba-yoshlari bilan bevosita muloqot o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Kimyogar MFYda ichki yo‘llar holati va infratuzilmani yaxshilash masalalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI KALONOV MUXIDDIN BAXRITDINOVICHNING O‘QUVCHI-YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUVI
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
Navoiy shahrida soliq tushumlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
HAR BIR KO‘CHA VA MAHALLA — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Navoiy shahrida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Umid” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
🏟 Nurafshon MFYda yangi sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi.

🏟 Nurafshon MFYda yangi sport maydonchasi ko‘zdan kechirildi.

Bugun Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimi B.Chinazbekov hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev #mahallalarda aholi va bolalar uchun barpo etilgan yangi sport maydonchasi joriy holati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

✅ Maydonchaning qoplamasi va sport qurilmalarining bolalar salomatligi uchun xavfsizligi;

✅ Aholi va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar;

✅ Qurilish jarayonidagi yakuniy ishlar va hududni obodonlashtirish holati.

"Maqsadimiz — har bir mahallada yoshlar sport bilan shug‘ullanishi uchun zamonaviy va sifatli maydonchalar yaratishdir," — deya ta’kidladi mas'ullar.

Mazkur sport obyekti tez orada mahallaning eng gavjum va sevimli maskaniga aylanishi kutilmoqda. 🥇⚽️

Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva.

Slide 1 of 3