Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA BEPUL TIBBIY KO‘RIK TASHKIL ETILDI
янв.21
MUSTAQILLIK – TARAQQIYOTNING MUSTAHKAM POYDEVORI
янв.21
12-SONLI MAKTABDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA QURILISH, KOMMUNAL XO‘JALIK VA EKOLOGIYA YO‘NALISHLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA KOMMUNAL SOHA VA INFRASTRUKTURA YO‘NALISHLARIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
MARKAZIY VA ICHKI YO‘LLAR BOSQICHMA-BOSQICH TA’MIRLANMOQDA
янв.21
“SOHIL BO‘YI” LOYIHASINING BIRINCHI BOSQICHI QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
Aholi murojaatlari yechimi yo‘lida sayyor qabul
янв.21
Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari muhim tashabbus
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot — dolzarb masalalar yechimiga yo‘l
Mirobod tuman Kengash raisi X.Kayumov va kotibiyat mudiri A.Karimov “Yuksalish” MFY va "Ziyonur" MFYlarida (deputatlik o‘rni vakant) mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashib, 24 ta so‘rovnoma asosida ijtimoiy muammolarni o‘rgandilar

Mirobod tuman Kengash raisi X.Kayumov va kotibiyat mudiri A.Karimov “Yuksalish” MFY va "Ziyonur" MFYlarida (deputatlik o‘rni vakant) mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashib, 24 ta so‘rovnoma asosida ijtimoiy muammolarni o‘rgandilar.

MFY raisi I.Arinov va yettilik a’zolari bilan Prezidentning 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209 va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-avgustdagi 450-sonli qarorlarining ijrosi muhokama qilindi.

2026-yil 24-martdagi sessiyada qabul qilingan Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-sonli qarori (ko‘p xonadonli uylarni boshqarish) va tuman ichki yo‘llarini ta’mirlash ro‘yxati haqida ma’lumot berildi.

Deputatlar mahalla raisi bilan uchrashib, O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar, 2026-yil 5-yanvardagi “2026-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli qarorining “Ziyonur” MFYda 1-chorakdagi ijrosi haqida suhbat o‘tkazdilar.

Hudud ko‘zdan kechirildi: ichki ko‘chalar, yoritish, elektr uzilishlari, chiqindilar, bolalar maydonchasi, qurilishda to‘xtab qolgan obyekt va tozalik holati tekshirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
Telegram tarmog‘ida:
https://t.me/MirobodKengash
Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/ 

Slide 1 of 15