Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kimyogar MFYda ichki yo‘llar holati va infratuzilmani yaxshilash masalalari
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI KALONOV MUXIDDIN BAXRITDINOVICHNING O‘QUVCHI-YOSHLAR BILAN SAMIMIY UCHRASHUVI
янв.21
Eng muhim qonunlar mahalliy Kengash deputatlari o‘rtasida taqsimlandi
янв.21
Navoiy shahrida soliq tushumlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
HAR BIR KO‘CHA VA MAHALLA — DOIMIY E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
Navoiy shahrida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
“Umid” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA ANIQLANGAN MUAMMOLAR YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI RAISI TOMONIDAN “YOSHLIK” MAHALLASIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1