Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash — ustuvor vazifa
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ismatov Muhammad Rustam o‘g‘li mahallalarda o‘rganish ishlarini olib bordi
янв.21
Deputat maktabdagi to‘garaklar faoliyati va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna mahalla fuqarolari bilan uchrashdi
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI VA BEPUL BERILADIGAN DORI-DARMONLAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
AHOLI MUAMMOLARIGA AMALIY YECHIM
янв.21
Navoiy shahrida maktab sport zali faoliyati ko‘zdan kechirildi
янв.21
“Ishonch” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
#Deputat_sorovi Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Elektr ta’minotidagi muammolar yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 6-Mehrobod saylov okrugidan saylangan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi Kayumov Akbarali Kosimaliyevich tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅6-Mehrobod saylov okrugi hududidagi Bo‘ston mahallasi fuqarolari tomonidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq qator muammolar ko‘tarildi.

✅Xususan, Bo‘ston mahallasi Bo‘ston ko‘chasi 3-proyezdida joylashgan 1318-sonli transformatorning mavjud quvvati aholi ehtiyojini to‘liq qoplamayotgani sababli elektr energiyasida uzilishlar hamda past kuchlanish holatlari kuzatilmoqda.

✅Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida qo‘shimcha 100 kVA quvvatli yangi transformator o‘rnatish, shuningdek Ra’no Uzoqova ko‘chasida ham yangi transformator o‘rnatish zarurligi qayd etildi.

👍Ayni paytda aholi xonadonlarida kuchlanish 130–140 volt atrofida bo‘lib, bu elektr jihozlarining nosozlanishiga hamda turli noqulayliklarga sabab bo‘lmoqda.

👍Shuningdek, hududdagi elektr tarmoqlarini yangilash zarurati mavjud bo‘lib, xususan 400 metr uzunlikda SIP kabellar tortish orqali tarmoqni modernizatsiya qilish lozimligi ta’kidlandi.

👍Bundan tashqari, Bo‘ston mahallasida mavjud 30 ta yog‘och elektr ustunlari yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lib, ularni beton ustunlarga almashtirish zarurligi bildirildi. Ayniqsa kuz, qish va bahor mavsumlarida yuz berayotgan uzilishlar aholi uchun jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda.

👍Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali rahbariyatiga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

👍 Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan.Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi va fermer xo‘jaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1