Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yoshlar kuni” doirasida maktabdagi uchrashuv
янв.21
Ko‘p qavatli uylarda liftlar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi sport klubi faoliyati o‘rganildi: rekonstruksiya va modernizatsiya masalalari kun tartibida
янв.21
SUG‘ORISH VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA FUQAROLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI JOYDA O‘RGANILDI
янв.21
Ko‘p qavatli uylar va ichki ko‘chalar holati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi 16-sonli maktab faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navoiy shahridagi maktabgacha ta’lim muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”: Navoiyda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari
Mahallada muloqot: bandlik, islohot va faollik masalalari

Mahallada muloqot: bandlik, islohot va faollik masalalari

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Ziyoda Ishmurodova ish rejasiga muvofiq Pastdarg‘om tumanidagi Torariq, Jovulqosim, Po‘latchi, Yangiobod, Katta Nayman hamda Kichik Nayman mahallalarida mahalla faollari, xotin-qizlar va fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etdi.

✅ Muloqotda deputat mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar, kasb-hunarga o‘rgatish va tadbirkorlikka jalb etish orqali bandlikni ta’minlash masalalariga alohida to‘xtaldi.

✅ Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, mahallalarda faollikni oshirish, tashabbuskor ayollarni ijtimoiy hayotga jalb etish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Uchrashuvda Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, xususan, 2026-yilning “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qilingani mahalla institutini qo‘llab-quvvatlashda yangi bosqich boshlab bergani qayd etildi.

✅ Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, fuqarolarga deputatlik faoliyati, mahalliy darajadagi muammolarni hal etish mexanizmlari haqida tushunchalar berildi, mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

📌 Bunday muloqotlar mahallalarda islohotlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, fuqarolarning siyosiy-huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅ @sam_vil_deputatlari

Slide 1 of 3