Xalq deputatlari Davlatobod tuman Kengashi raisi T.Boydedayev tomonidan saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
👥 Uchrashuvda tuman Kengashi bosh mutaxassisi A.Xaydarov hamda tuman Nuroniylar kengashi raisi A.Mavlyanov ham ishtirok etdilar.
💬 Muloqot davomida hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, shuningdek fuqarolarning murojaat va takliflari atroflicha muhokama qilindi.
📋 Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilash va ularni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
🤝 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.