O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 yanvardagi PQ-1 va PQ-2 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida “Mirzo Ulug‘bek” mahalla fuqarolar yig‘inida keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda xalq deputatlari v tuman Kengashi deputati F.Turayev, tuman IIB shaxsiy tarkibi MFY yettiligi hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida quyidagi masalaga alohida e’tibor qaratildi: huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirish;
xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlar barvaqt oldini olish;
jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish holatlariga qarshi kurashish;
mahallada xavfsiz va barqaror muhit yaratish.
Tadbir doirasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib,fuqarolar fikr va taklifi tinglandi. Mahallada huquqiy madaniyatni oshirish,yoshlar va oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.