Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining haftalik ish rejasi (16–20 mart)
16 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 15-Zarbador saylov okrugi deputati M. Xojiyeva tomonidan “Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 402-son qarori ijrosi o‘rganiladi.
17 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 22-Go‘zal saylov okrugi deputati R. Mirzayeva tomonidan “Dashtbog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari va takliflari o‘rganiladi.
18 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 19-Mingchinor saylov okrugi deputati G. Rahimova tomonidan “Ozod” va “Yangi yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholi xonadonlaridan hamda belgilangan joylardan maishiy chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganiladi.
19 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 7-Nurafshon saylov okrugi deputati Sh. Sodiqov tomonidan “Baynalmilal” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” xodimlari ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Shuningdek, “Deputatlar kuni” munosabati bilan deputatlar tomonidan saylov okruglarida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, hududlardagi muammolarni o‘rganish hamda nazorat-tahlil ishlari olib boriladi.
20 mart
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining 3-Yangi qurilish saylov okrugi deputati Z. Sapaev tomonidan “Yangi hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari va takliflari o‘rganiladi.