Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahrida boshqaruv servis kompaniyalari va shirkatlar faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi
янв.21
Navoiyda sport sohasidagi islohotlar va yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
TURON MFY FUQAROLARI UCHUN SAMARQAND SHAHRIGA MA’NAVIY SAYOHAT TASHKIL ETILDI
янв.21
OILAVIY FAROVONLIK VA BANDLIK MASALALARI MFYLARDA O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI
янв.21
“ZARAFSHAN GOLDEN GROUP” korxonasida ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“HOTIRA BOR EKAN – MILLAT BARHAYOT”
янв.21
“HUDUD SANITARIYA HOLATI VA INFRASTRUKTURA MUAMMOLARI O‘RGANILDI”
янв.21
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”
янв.21
“MEHR VA E’TIBOR — INSON QADRINING YUKSAK IFODASI”
Ekologik barqarorlik – asosiy maqsadimiz

O‘zbekiston Ekologik partiyasining «Yashil taraqqiyot» g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida Shahrisabz tumanida xayrli ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati, partiya guruhi rahbari Bakir Elboyev tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida navbatdagi ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi. Mazkur aksiya doirasida hududga 100 tup mevali va 150 tup manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, yangi bog‘ yaratishga poydevor qo‘yildi.

Shuningdek, 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida atrof-muhit chiqindilardan tozalanib, hududlar tartibga keltirildi. Bu kabi amaliy ishlar nafaqat tabiat musaffoligini saqlashga, balki aholi salomatligini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Slide 1 of 6