Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi deputati J.Raxmonov tomonidan tumandagi sport maktabi faoliyati va mavjud sharoitlari oʻrganildi.

 Oʻrganish davomida sport maktabining moddiy-texnik bazasi, oʻquv-mashgʻulot jarayonlarining tashkil etilishi, sport inventarlari bilan
ta'minlanganlik holati hamda yosh sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarkoʻzdan kechirildi.  

  Shuningdek, sport maktabi rahbariyati va murabbiylar bilan suhbat oʻtkazilib, muassasaning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolar
va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.  

  Oʻrganish natijalariga koʻra, sport maktabida sportchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, moddiy-texnik bazani
mustahkamlash hamda zarur sport jihozlari bilan ta'minlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.  

Slide 1 of 3