Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari To‘lqin Qodirov tomonidan “Oqbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalla faollari, profilaktika inspektori birgalikda mahalla hududida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar hamda jinoyatchiliklarni kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish, aholi farovonligi va xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.