Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
“Guliston” mahallasida deputatlik faoliyati yuzasidan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi sessiyasida har chorakda deputatlarning saylovchilar oldida o‘z faoliyati yuzasidan axborot berishi bo‘yicha reja-grafik tasdiqlangan. Mazkur grafik asosida bugun Muzrabot tumani hokimi – xalq deputatlari tuman Kengashiga 21-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Mamatqulov Abdulla Abdimo‘minovich “Guliston” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv avvalida deputat 2025-yil davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati haqida batafsil axborot berdi. Jumladan, tumandagi ichki yo‘llarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, asfalt qoplamasi yotqizish ishlari sifatli tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Belgilangan reja asosida joriy yilda tumandagi 400 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari amalga oshirilishi, ushbu rejaga “Guliston” mahallasidagi yo‘llar ham kiritilgani aytib o'tildi.

Shuningdek, mahallada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aholining farovon yashashi yo‘lida davlatimiz rahbari e’tibori va qo‘llab-quvvatlovi bilan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari alohida qayd etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan qator murojaatlar bildirildi. Xususan, elektr energiyasi ta’minoti, maishiy gaz ballonlarini o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish, chiqindilarni belgilangan kunlarda olib chiqish, ariqlarda oqar suv ta’minoti kabi masalalar ko‘tarildi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o‘rganildi.

Deputat saylovchilar tomonidan bildirilgan masalalarni diqqat bilan ko‘rib chiqib, tegishli tushuntirish va tavsiyalar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi hamda uchrashuvda ishtirok etgan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida bunday uchrashuvlar har chorakda muntazam ravishda o‘tkazib borilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 7