Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
Kengash_faoliyati

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025- yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida deputatlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi Bandixon tumani "Limonzor" MFYda SHerobod mashina magistral kanalidan bir ko'tarmali 2 dona nasos (2.3km D 1200 mmbosimli quvir) yordamida yangidan 6.8 km uzunlikda 1.5 m3/sek sig'imli kanal hamda 5 km uzunlikda 0.3 m3/sek sig'imli ichki sug'orish tarmoqlarini qurish bo‘yicha loyihani bajarilishini oʻrganish maqsadida tuman Kengashi deputati Shaydilov Safar Normurodovich tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ishlarni sifatli tashkil etish choralarini koʻrish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

O‘rganish davomida ob’ektda loyiha asosida ishlar amalga oshirilayotganligi va qo‘shimcha loyihalash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Mazkur loyihaning bajarilishi doimiy ravishda deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 9