Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati, tuman hokimi Umedjon Barnoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda shahar va tumanlarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Tadbirkorlar islohotchi bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim kuch ekanligini barcha yaxshi tushunib yetmoqda. 

Zero, tadbirkorlarning yurt farovonligini ta’minlashdagi hissasi beqiyos. Tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bugungi kunda tuman hokimligining doimiy nazoratiga olingan.

1-Sadriddin Ayniy saylov okrugi deputati Umedjon Barnoyev tuman markazida joylashgan “Romitan sayilgohi” savdo va ko‘ngil ochar ko‘cha (Broadway) majmuasi oldida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, investitsiyalarni keng jalb qilish, biznesni yuritish uchun qulay imkoniyatlar yaratish, soha kishilarining qonuniy manfaatlarini himoyalash va huquqiy kafolatlarini mustahkamlash, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida romitanlik tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tijorat banklarining viloyat va tuman filiallari, mutasaddi tashkilot, korxonalarning rahbarlari, hokim yordamchilari, tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Bugungi uchrashuvda tadbirkor va ishbilarmonlar yangi ishlab chiqarish loyihalari, istiqbolli investitsion dasturlari, banklar tomonidan imtiyozli kredit, bino-inshootlarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, faoliyatini kengaytirish uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratish kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Tadbirkorlarning turli masalalardagi taklif va tashabbuslari, murojaatlari tinglanib, ayrim muammolar joyida bartaraf etildi. Ba’zi murojaatlarni hal qilish bo‘yicha qisqa muddatlar belgilanib, tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi yuborilishi belgilandi.

Muloqotda boshqa mazmundagi murojaatlar ham tinglanib, hal etish choralari ko‘rildi. Tuman Kengashi deputati ular yuzasidan tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Slide 1 of 1