Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq dardiga yaqinlik — amaliy muloqot ifodasi
янв.21
Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR BANDLIGIGA QARATILGAN E’TIBOR
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – TARAQQIYOT VA HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM
янв.21
Ta’lim va yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Deputat faoliyati – xalq ishonchi va amaliy natijalar ifodasi
8-Lutfiy okrugida o‘rganish ishlari olib borildi.

 8-Lutfiy okrugi hududidagi “Lutfiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan mahalladagi ko‘p qavatli uylar tom qismi ta’mirga muhtojligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaat asosida okrug deputati Xidiyatullina Rima Rashitovna, mahalla faollari va uy egalari bilan birgalikda joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi. 

O‘rganish natijasida Lutfiy ko‘chasi 7-, 3-, 10-uylar, Bog‘iston 1-uy hamda Baynalminal ko‘chasi 57-uylarning tom qismlari aholi salomatligi va mulk xavfsizligi nuqtai nazaridan tezkor ta’mirlanishi zarurligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan 8-Lutfiy okrugi deputati tomonidan tegishli tashkilotlarga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.  

Unda muammoni atroflicha o‘rganib chiqish hamda tomlarni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan. 

Masala deputat nazoratiga olindi.