Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq dardiga yaqinlik — amaliy muloqot ifodasi
янв.21
Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR BANDLIGIGA QARATILGAN E’TIBOR
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – TARAQQIYOT VA HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM
янв.21
Ta’lim va yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Deputat faoliyati – xalq ishonchi va amaliy natijalar ifodasi
Deputatlar "Chilonzor tajribasi" doirasida joriy etilgan tizimli ishlarni tashkil etish amaliyoti bilan tanishdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati hamda xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputatlari hamkorlikda "Chilonzor tajribasi" doirasida joriy etilgan tizimli ishlarni tashkil etish amaliyoti bilan tanishdi.

Joriy yilning 25-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Durbek Axmedov, xalq deputati Chilonzor tuman Kengashi deputatlari Omonulla Mutalov, Alisher Miryunusov va deputat yordamchisi Mirabbos Mansurovlar Chilonzor tumanida o'rganish ishlarini olib borishdi. O‘rganishdagi manzil davlat-xususiy sheriklik asosida mahallaning yangi ma’muriy binosi qurilgan "Beshchinor" mahallasiga ham tashrif buyurishdi. Bu  yerda xavfsizlik choralarini kuchaytirish va qo‘riqlash qamrovini kengaytirishga qaratilgan amalga oshirilgan ishlar va "Obod mahalla" dasturi bo'yicha qilingan ishlarni ko'zdan kechirishdi.

Mazkur mahalla Ko'rkam mahallasi bilan chegaradosh bo'lib 1507 xonadonda 4670 ta aholi istiqomat qiladi.

Uchrashuvda Beshchinor va Ko'rkam mahalla raislari ishtirok etib, amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumotlar berildi.

Slide 1 of 4