Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Navoiy shahridagi Hayot MFY binosida hokim va uning o‘rinbosarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Joriy yilning 12-mart kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Dilmurod Ergashev boshchiligida Hayot mahallasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat fuqarolar bilan uchrashib, umumxalq hasharida faol ishtirok etdi
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT VA HAMKORLIK — MUAMMOLAR YECHIMI YO‘LIDA
янв.21
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI
янв.21
"PAYSHANBA YOSHLAR KUNI"
янв.21
MUROJAATLAR OʻRGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy davlat universiteti rektori
янв.21
“Payshanba — yoshlar kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
Murojaatga amaliy yechim

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati R.Alijonova Yangi bogʻ MFYda mahalla yettiligi va faollari bilan uchrashib, fuqarolar murojaati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-17-son Farmoni asosida shahar Kengashining 2026-yil 18-fevraldagi qarori bilan Yangi bog‘ MFY Turkiston ko‘chasiga 300 metr suv tarmog‘i tortish uchun zarur mablag‘ ajratilgan.

Mazkur tashabbus aholi tomonidan ko‘tarilgan muammoning amaliy yechimi sifatida baholanmoqda. Deputat ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 4