Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
Tumandagi Ittifoq mahallasida muammolar o‘rganildi va tadbirkorlik faoliyati ko‘zdan kechirildi

 Tumandagi Ittifoq mahallasida muammolar o‘rganildi va tadbirkorlik faoliyati ko‘zdan kechirildi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov hamda
B.Abduraximovlar tomonidan tumandagi Ittifoq mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif
tashkil etildi. Mazkur tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad mahalladagi mavjud muammolarni
joyiga chiqib o‘rganish, “mahalla yettiligi” tomonidan aholi murojaatlari va muammolarini
hal etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish, shuningdek, aholining
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish tajribasini ko‘zdan kechirish hamda ilg‘or
ish usullarini ommalashtirishdan iborat bo‘ldi. 

Tashrif davomida
deputatlar, avvalo, mahalla aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish
ishlari bilan tanishdilar. Ko‘chalarni tartibga keltirish, hududni tozalik va ozodalikda
saqlash, yashil hududlarni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlar alohida e’tirof
etildi. Shuningdek, mahalla faollari va aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib,
ularning taklif va tashabbuslari tinglandi. 

Uchrashuv davomida
mahalla ko‘chasining aholi uchun qulay bo‘lgan qismida zamonaviy transport bekati
qurish tashabbusi ilgari surildi. Fuqarolar ushbu loyihani amalga oshirishda deputatlarning
qo‘llab-quvvatlashi va moliyalashtirish masalasida amaliy yordam ko‘rsatishlarini
so‘radilar. Deputatlar mazkur taklifni ijobiy baholab, uni amalga oshirish bo‘yicha
tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishlarini bildirdilar. 

Shundan so‘ng
deputatlar “mahalla yettiligi” vakillari bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik faoliyati
bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurdilar. Jumladan, tomorqa
yer maydonida issiqxona tashkil etib, undan unumli foydalanayotgan T.Mirzaev va
F.Karimovlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ular tomonidan yetishtirilayotgan
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ishlab chiqarish jarayoni va daromad manbalari haqida
atroflicha ma’lumot berildi. 

Tashrif yakunida
deputatlar “mahalla yettiligi” tarkibiga mahallada tadbirkorlikni yanada rivojlantirish,
ilg‘or tajribalarni ommalashtirish orqali boshqa fuqarolarni ham tadbirkorlikka
jalb etish, aholi daromadlarini oshirish hamda tomorqa va issiqxona xo‘jaliklaridan
samarali foydalanish ko‘lamini kengaytirish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berdilar.
xizmat qilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 9