Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
Jamoat salomatligi texnikumida mazmunli targ‘ibot va samarali muhokama tadbiri

 Jamoat salomatligi texnikumida mazmunli targ‘ibot va samarali muhokama tadbiri

Tumandagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi
texnikumida o‘quvchilar uchun muhim va mazmunli uchrashuv tashkil etildi. Unda xalq
deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari R.Nodirov, B.Abduraximov hamda tuman
adliya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Sobirovlar ishtirok etdilar.  

Uchrashuvda asosiy e’tibor “O‘zbekiston-2030” strategiyasini
takomillashtirishning mazmun-mohiyati va uning amaliy ahamiyati, shuningdek, davlatimiz
rahbari Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston
xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar va amalga oshirilayotgan
islohotlarga qaratildi. 

Uchrashuv davomida tinglovchilar davlat taraqqiyoti,
milliy strategik dasturlar va kelajak uchun belgilangan ustuvor vazifalar haqida
batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.  

Uchrashuv davomida ularning qiziqtirgan savollari
atroflicha muhokama qilindi va deputatlar tomonidan har bir savolga to‘liq, tushunarli
va faktlarga asoslangan javoblar berildi. Bu esa yosh avlodning fuqarolik ongi,
davlatga sadoqati va milliy qadriyatlarga munosabatini mustahkamlashda muhim ahamiyatga
ega bo‘ldi. 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, “O‘zbekiston –
2030” strategiyasi nafaqat iqtisodiy rivojlanish, balki ijtimoiy sohalarda ham muhim
islohotlarni nazarda tutadi. Prezidentning Murojaatnomasida ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy himoya, innovatsion rivojlanish, infratuzilma va qishloq hududlarini rivojlantirish
kabi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu yo‘nalishlarda amalga
oshirilayotgan islohotlar yoshlar uchun zamonaviy bilim va kasbiy salohiyatni rivojlantirish,
yangi ish o‘rinlari yaratish hamda davlat dasturlari orqali kelajakda faol ishtirok
etish imkonini beradi.  

Slide 1 of 6