Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
Ogoh bo‘ling: firibgarlikka qarshi kurash — davr talabi

 O‘zbekiston Adolat SDP Ellikqal’a tuman Kengashi tashabbusi bilan 2-son Respublika ruhiy va
asab kasalliklari dispanserida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
 

 Tadbirda “Adolat” SDP Ellikqal’a tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputati U. Karimov hamda Ellikqal’a tuman Adliya bo‘limi bosh maslahatchisi O. Reyimboev ishtirok etdilar. Shuningdek, dispanser shifokorlari va ishchi-xodimlari ham faol qatnashdilar. 

 Tadbir davomida U. Karimov firibgarlik tushunchasi, uning jamiyat uchun ijtimoiy xavfliligi, fuqarolarga yetkazayotgan moddiy va ma’naviy zarari haqida batafsil
tushuntirish berdi.
   

Ayniqsa, bugungi kunda kiber makonda sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, internet va ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan turli aldov usullari haqida atroflicha ma’lumot
berildi.
   

Shuningdek, tadbirda dispanser bosh shifokori Z.Iglikova so‘zga chiqib, bunday ma’rifiy uchrashuvlar jamoa uchun nihoyatda muhim ekanini ta’kidladi. U o‘z nutqida fuqarolarning, ayniqsa, tibbiyot xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, turli firibgarlik holatlariga befarq bo‘lmaslik hamda hushyorlikni kuchaytirish
zarurligini qayd etdi.
 

 Ta’kidlanganidek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish,
fuqarolarni turli aldov va qonunbuzarlik holatlaridan ogoh etish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
 

 Yakunda dunyoda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuzasidan ham fikr almashildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zarur huquqiy
bilimlarga ega bo‘ldilar.
   

Bunday targ‘ibot tadbirlari jamiyatda hushyorlikni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Slide 1 of 1