Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
янв.21
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Alisher Mirzaev 1-sonli oilaviy poliklinikada bo‘ldi
янв.21
Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Yoshlar tashabbuslari – Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevori
янв.21
Xalq dardiga yaqinlik — amaliy muloqot ifodasi
янв.21
Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida hokim yordamchilari faoliyati o‘rganildi
янв.21
NAVOIY SHAHRIDA TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR BANDLIGIGA QARATILGAN E’TIBOR
янв.21
YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT – TARAQQIYOT VA HAMKORLIK SARI MUHIM QADAM
янв.21
Ta’lim va yoshlar masalalari — doimiy e’tibor markazida
янв.21
Deputat faoliyati – xalq ishonchi va amaliy natijalar ifodasi
Tumandagi ta’lim muassasalari faoliyati hamda mavjud sharoitlari o‘rganildi

Tumandagi ta’lim muassasalari faoliyati hamda mavjud sharoitlari o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar asosida xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 15-Baynalminal saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich “At-Termiziy” mahallasi hududida joylashgan ta’lim muassasalarida o‘rganishlar olib bordi.

Xususan, Muzrabot tuman texnikumida yoshlarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan namunaviy loyiha doirasidagi o‘quv jarayonlari, yaratilgan sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan ustaxonalarda olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Ushbu texnikum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktyabrdagi “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-190-son Farmoniga asosan Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etilgan bo‘lib, Surxondaryo ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi sifatida faoliyat yuritadi.

Deputat texnikumda yoshlar bilan muloqot qildi. Suhbat davomida yoshlarning qiziqishlari, o‘qish va mutaxassislikka bo‘lgan ehtiyojlari, kelajak rejalari tinglandi.

Ma’lumot o‘rnida ta’lim muassasasida jami 491 nafar o‘quvchilar quyidagi kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishmoqda.

Jumladan,

-Avtomobillarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish,

- Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi,

- Payvandlovchi
(elektrgazpayvandlash ishlari),

- Tikuvchi,

- Traktorchi mashinist,

- Issiqxona va parnik xoʻjaligi laboranti,

- Kompyuter tizimlarida dasturchi,

- Elektromontyor,

- Yoʻl qurulishi, koʻtarma transport mashina va jixozlarini ishlatish,

- Bino va inshootlar qurilishi.

Sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish borasida ta’lim muassasida yoshlarning sport darslarida qatnashishlari va to‘garaklar uchun sport anjomlari bilan ta’minlanganligi o‘rganildi.

Sport turlari bo‘yicha 4 ta yo‘nalishda to‘garaklar tashkil etilgan. Sportning voleybol, futbol, shaxmat va shashka to‘garaklariga jami 117 nafar o‘quvchi yoshlar ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, o‘rganish davomida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va isitish tizimlarini ishlatish holatlari bilan tanishildi. Kuz-qish
davrida qozonxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida soha tashkilotlari tomonidan zarur suyuq va qattiq yoqilg‘i zaxirasi yaratilishiga
e’tibor qilindi.

Kuz qish mavsumini o‘tkazish uchun jami 50 tonna qattiq ko‘mir yoqilg‘isi olingan. Ta’lim muassasasini isitish uchun 10 dona individual pechlardan foydalanilib kelinmoqda.

Deputat o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ma’sullarga o‘zining ko‘rsatma va takliflarini berdi.

Slide 1 of 8