Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Navoiy shahar Kengashi deputati yoshlar bilan uchrashdi
янв.21
Hashar — elga yarashar!
янв.21
Bog‘chalarda bolalar xavfsizligini ta’minlash – eng ustuvor masala
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
#PAYSHANBA_YOSHLAR_KUNI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
янв.21
AHOLI MUAMMOLARI VA NARX-NAVO BARQARORLIGI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
ZARAFSHAN GOLDEN GROUP tomonidan taqdim etilgan investitsion loyihalar muhokama qilindi
янв.21
Turon mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Aziza Marksovna Navoiy viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida
Deputatlar va mahalla hamkorligi – farovonlik sari muhim qadam

    Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 10-Bobur saylov okrugidan saylangan deputat Eshqobilova Nargiza Mengnarovna hamda tuman Kengashi deputati Rajabov Botir Abdurassulovichlar “Bobotog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” ishi bilan yaqindan tanishdilar hamda aholi murojaatlarini qabul qildilar. 

   Uchrashuv davomidamahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar faolligini oshirish kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi. Deputatlar fuqarolarning taklif va muammolarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladilar. 

   Mahalla raisi Rustam Shoyqulov tashabbusi bilan zamonaviy ko‘rinishda barpo etilgan va barcha sharoitlarga ega mahalla idorasi bugungi kunda aholiga xizmat qilishda muhim maskanga aylangani alohida e’tirof etildi. “Yaxshi niyat – yarim davlat”, degan naql bor. Darhaqiqat, mahalladagi ezgu tashabbuslar va birdamlik muhiti hudud ravnaqiga xizmat qilmoqda. 

  Uchrashuv davomida mahalla raisi tomonidan deputatlar bilan aholi o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash maqsadida bunday uchrashuvlarni har oyda bir marta tashkil etish taklifi bildirildi. Deputatlar mazkur taklifni qo‘llab-quvvatlab, “Xalq bilan muloqot – islohotlar poydevori” ekanini ta’kidladilar. 

   Zero, “Xalq rozi bo‘lsa – ishlar barakali bo‘ladi”. Mahalla yettiligi, deputatlar va faol fuqarolarning hamjihatligi
joylarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi. 

   Bugungi ochiq va samimiy muloqot aholining davlat vakillariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlab, kelgusida amalga oshiriladigan xayrli ishlarga mustahkam zamin yaratdi.  

Slide 1 of 1