Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SOG‘LOM JAMIYAT — BARQAROR TARAQQIYOT GAROVI
янв.21
Ответственность и тщательный анализ — приоритеты в законотворчестве
янв.21
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida dorivor o‘simliklarni yetishtirish, qayta ishlash, ularga kvota ajratish hamda sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.
янв.21
Voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment tizimini takomillashtirish – jamiyatimiz ustuvor vazifalaridan biri
янв.21
“Muammoli oilalar bilan manzilli ishlash — ustuvor vazifa”
янв.21
Yangi O‘zbekiston – Yangi imkoniyatlar zamini
янв.21
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi
янв.21
NAVBATDAGI SAYYOR QABULI TASHKIL ETILDI
янв.21
Prezident selektori belgilagan vazifalar: Navoiy shahrida ijro va mas’uliyat
янв.21
O‘zbekiston–2030 strategiyasi: Navoiy shahri taraqqiyotining yangi bosqichi
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT QILISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING ENG MUHIM YO‘NALISHI

Uzun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Fayzova mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Uzun tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Xabibulla Bozorov hamda 22-Fayzavo okrugidan saylangan deputat S.Xodjakeldiyevlar Fayzova mahallasida aholi bilan sayyor qabul o‘tkazdi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan 20 dan ortiq murojaatlar bildirilgan bo‘lib, ularning aksariyati ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga ta'luqli bo‘ldi.

Xususan, yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy yordam hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar tinglandi. Hokim tomonidan mas’ullarga har bir murojaatni o‘rganib, belgilangan muddatlarda hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.