Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ДЕПУТАТ ТАШАББУСИ БИЛАН УЧҚУДУҚДА ЯНГИ ГУЛ ДЎКОНИ ИШ БОШЛАДИ
янв.21
Сенат Маркази семинар ўтказди
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
Chorchinor mahallasida ijtimoiy masalalar va aholi murojaatlari o‘rganildi

Hududlarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni belgilash mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ-35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida 8-Maorif saylov okrugida navbatdagi deputatlik o‘rganishi o‘tkazildi.

O‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi B.Obidov hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassisi N.Akbarova tomonidan Chorchinor mahallasida olib borildi.

Chorchinor mahallasida 3 853 nafar aholi, 530 ta xonadon va 757 ta oila istiqomat qiladi. Hudud 16 ta ko‘chani qamrab olgan. O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy holati, aholi murojaatlari va hududda mavjud muammolar yuzasidan mahalla raisi Tojiboyeva Dilbarxon bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalla hududida aholini qiynayotgan masalalar, ularning murojaatlari va mavjud muammolar muhokama qilindi. Xususan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq ayrim masalalar yuzasidan fuqarolardan murojaatlar kelib tushayotgani ma’lum qilindi. Mazkur murojaatlarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarning sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish zarurligi qayd etildi.

Deputatlik o‘rganishi davomida mahalladagi ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni manzilli o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan muammolar tegishli tartibda deputatlik nazoratiga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimi yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 5