Ayni damda Respublika miqyosida tuman (shahar) Kengashlari deputatlari uchun onlayn o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda.
2-kun Seminar dastur rejsidan quyidagilar o‘rin olgan:
1. Qarorlar qabul qilishda qonuniylikni ta’minlash
2. Mahalliy Kengash deputatlarining saylovchilar murojaatlari bilan ishlashi, saylov okrugida fuqarolar qabullarini tashkil etish
3. Mahalliy Kengashlar faoliyatida raqamli texnologiyalar
4. Mahalliy Kengash deputatlarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashi
5. Mahalliy Kengash deputatlarining odob-axloq qoidalari
Shuningdek, onlayn seminarda Yangiyo‘l shahar hokimligining majlislar zalidan Yangiyo‘l shahar, Quyi Chirchiq, Oqqo‘rg‘on, Toshkent, Zangiota, Chinoz va Yangiyo‘l tumanlarining deputatlari ishtirok etmoqda.