Yig'ilish kun tartibidan:
Boyovut tumani “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 2024-yil 2-mavsumida o‘tkazilgan “Ochiq budjet” axborot portali orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida.
2024-yilda Boyovut tuman budjeti parametrlarida budjet taqsimlovchilariga ajratilgan mablag‘larni maqbullashtirish hamda xarajatlarning cheklangan miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.
Tumandagi aholi yashash hududlarga tabiiy gaz bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida “Boyovuttumangaz” ta’minoti bo‘limi rahbari v.v.b J.Sultanovning hisoboti to‘g‘risida.
O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan 61-maqsadda hamda aholini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida “Sirdaryo suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati Boyovut tuman bo‘lim boshlig‘i U.Urolovning hisoboti to‘g‘risida.