Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari N.Kiyamov, M.Raximov va A.Rabbimovlar tumandagi 19-, 41-, 45-, 46- va 50-mumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, maktablardagi obodonlashtirish holati va olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari sifatli bilan tanishdi.
Shuningdek, “Qiyot” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 21-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra ta’lim muassasalari rahxbarlari va qurilish tashkilotlari vakillariga tegishli tavsiyalar berildi.