Ana shunday jonkuyar insonlardan biri, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan mohir rahbar Baxtigul Rasulovadir.
B.Rasulova 1974-yilda Samarqand viloyati Nurobod tumanida tavallud topgan.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Nurobod sanoat kasb-hunar kolleji yetakchi mutaxassisligidan boshlagan.
So‘ngra 2013 – 2017 yillarda Navro‘z mahalla fuqarolar yig‘inida diniy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, 2017 – 2022 yillarda “Navro‘z” MFY raisi, 2022-yildan to hozirgi kunga qadar tumandagi 19-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, B.Rasulova 2020-yildan Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati sifatida xalq hayotidagi eng muhim masalalar muhokamasida faollik ko‘rsatmoqda.
B.Rasulova o‘tgan davr mobaynida o‘zi faoliyat yuritgan barcha xizmat vazifalarini halol va sidqidildan bajarganligi, mas’uliyatliligi ortidan aholi ishonchini, mehrini qozonib, rahbarlar e’tirofiga sazovor bo‘lib kelmoqda.