Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan sohalar bo‘yicha chiqarilayotgan qaror va farmonlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy ishlarni mahalliy Kengashlarda muhokama qilib borish bo‘yicha bandlar kiritilishi mahalliy Kengashlar rolini oshirish bilan bir qatorda chinakam deputatlik nazorati o‘rnatishni talab etmoqda.
Nurobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida mahalliy Kengash deputatlari biriktirilib, deputatlik nazorati o‘rnatildi.
Albatta, bunda Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Bahrom Oblanovning xizmatlari muhim o'rin tutadi.