Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шоир остида Навоий вилоятининг Навоий шаҳридаги ҳарбий қисмда Олий Мажлис Сенати ва Ёшлар парламенти аъзолари, ҳарбий хизматчилар ва Қуролли кучлар фахрийлари иштирокида ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган тарғибот-ташвиқот тадбири
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Хатирчи тумани, “Истиқлол” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилаётган фуқаронинг мурожаати ўрганилди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгаш котибият мудирлари ва депутатлар халқ депутатлари Самарқанд вилояти Кенгаши билан тажриба алмашишмоқда
янв.21
Бугун мамлакатимизнинг барча гўшаларида бўлгани каби Навоий вилоятида ҳам 9-май – Хотира ва қадрлаш куни байрами кенг нишонланмоқда.
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengash faoliyati tanqidiy muhokama qilindi

liy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisida Samarqand viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi faoliyati ko‘rib chiqildi, shuningdek, hududiy davlat organlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborotlari eshitildi.

Bu borada viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilgani qayd etildi. Jumladan, viloyatda 2024-yilning 7 oyi davomida aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Hududiy kengash tomonidan 323 ta targ‘ibot tadbiri tashkil etilgan.

Unga 15 mingdan ortiq fuqarolar, nodavlat va notijorat tashkilotlari xodimlari hamda keng aholi vakillari jalb etilgan. Yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyaga yo‘q deymiz” va “Yoshlar korrupsiyaga qarshi” shiorlari ostida 11 ta aksiya va fleshmoblar o‘tkazilgan bo‘lib, unda jami 1 052 nafar yoshlar ishtiroki taʼminlangan.

Muhokamalar davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyati doirasida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aytib o‘tildi.

Korrupsiya darajasini reyting baholash natijalariga ko‘ra 2024-yilning birinchi yarmida hududiy kengash korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarning samaradorligi ko‘rsatkichi bo‘yicha 78 ball, ochiqlik indeksi bo‘yicha bor-yo‘g‘i 63,1 ball to‘plab, past ko‘rsatkichni qayd etgan.

Shuningdek, viloyatda korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilishi pasaymagan. Jumladan, joriy yilning 7 oyi davomida viloyatda 192 ta mansabdor shaxslar firibgarlik, mol-mulkni talon-toroj qilish, pora berish va olish, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish hamda boshqa toifadagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan.

Tahlillarga ko‘ra, maktabgacha va maktab taʼlimi, sog‘liqni saqlash, hokimliklar tizimida budjet mablag‘larini talon-toroj qilishning keng tarqalgan ko‘rinishi oylik ish haqini ortiqcha hisoblab yozishda namoyon bo‘lgan.

Muhokamada bunday korrupsiyaviy holatlar mahalliy davlat hokimiyati va boshqa davlat organlarida ichki nazoratni yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi va shu orqali qonun buzilishiga imkoniyat yaratib berilayotganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, senatorlar tomonidan qonunchilikka zid bo‘lgan bunday holatlar hududdagi har bir kengash aʼzosidan o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni to‘laqonli bajarish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash va ularga chek qo‘yish, shuningdek, ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan samarali faoliyat ko‘rsatishini talab etishi taʼkidlandi.

Majlis yakunida hududdagi korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yaxshilash va huquqbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining tegishli qo‘shma qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tegishli idoralarga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish yuklatildi.

Shuningdek, Kengash faoliyatini takomillashtirish, reytingga taʼsir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish, davlat dasturlarini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirish, aholining huquqiy ongini yuksaltirish, korrupsiyaga oid ishlar bo‘yicha sud majlislarini tashkil etish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlarni tanqidiy tahlil qilish, korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablarini har tomonlama tekshirish va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Slide 1 of 10