XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI FAOLIYATI
Navbatdagi sessiya oldidan xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining doimiy komissiyalarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2023-yil 29-dekabrdagi “Termiz shahrining 2024-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VI-70-178-8-121-K/23-sonli qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish hamda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2024-yil 6-martdagi VI-73-31-8-121-K/24-sonli qaroriga asosan 2024-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i O‘.Kuchkinov va o‘rinbosari G‘.Toshovlarning hisobotlari shahar Kengashi doimiy komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Telegram (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) | Facebook (https://www.facebook.com/Termizshkengashkotibiyati?mibextid=2JQ9oc)