Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Давлат мустақиллигининг 33 йиллиги муносабати билан “Бир бўлсак – ягона халқмиз, бирлашсак – Ватанмиз!” шоир остида Навоий вилоятининг Навоий шаҳридаги ҳарбий қисмда Олий Мажлис Сенати ва Ёшлар парламенти аъзолари, ҳарбий хизматчилар ва Қуролли кучлар фахрийлари иштирокида ёшларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган тарғибот-ташвиқот тадбири
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
янв.21
Хатирчи тумани, “Истиқлол” маҳалла фуқаролар йиғинида истиқомат қилаётган фуқаронинг мурожаати ўрганилди.
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALAR QO'SHMA MAJLISI BO‘LIB O‘TDI.

2024-yil 23-iyul  kuni soat 16-00da Chinoz tumani hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Qo‘shma majlisga doimiy kamissiya raisi Farhod Ibragimov raislik qildi.

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Chinoz tumanida "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili" davlat dasturi ijrosi hamda yoshlar muammolarining hal etilishiga ko'maklashish, yosh avlodning iste'dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo'shimcha sharoitlar yaratish borasida 2024-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

2. Chinoz tumanida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-iyul oylarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Kambag‘illikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari R.Pardayevning hisoboti eshitildi.

3. Chinoz tumanida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari T.Tajibayevning hisoboti eshitildi.

4. Chinoz tumanida 2024-yil birinchi mavsum tashabbusli byudjet jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risida Iqtisodiyot va Moliya bo'limi boshlig'ining hisoboti eshitildi.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yilning 2-choragi yakuni bo'yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti to‘g‘risida.

6. Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi tomonidan 2024-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i v.v.b M.Ennazarovning axboroti eshitildi.

7.  Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 2-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chinoz tumani bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamajanovning hisoboti eshitildi.

8. Chinoz tumani 2-sektor rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 29-apreldagi 228-son qarori ijrosi bo‘yicha 2024-yil yanvar-iyul oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2-sektor kotibi B.Yo'ldoshevning hisoboti eshitildi.

9.  Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida Tuman Tibbiyot birlashmasi rahbari J.Razzaqovning hisoboti eshitildi. 

10. Xalq deputatlari Chinoz tuman Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. 

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar F.Ibragimov, N.Muhamadiyeva, Sh.Ergashov, E.Ozatov, Sh.Botirovlar o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining  navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qarorlar qabul qilindi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati, doimiy komissiya raisi Olimjon Dadajonov

Slide 1 of 1