Angren shahar hokimi Alisher Rayimov, shahar prokurori v.v.b. Sherali Zunnurboyev, hokim o‘rinbosari Salim Anarboyevlar Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Otabek Anarov hamda viloyat boshqarma mas’ullari bilan hududda manzilli dasturlar doirasida mahallalarni obod qilish, bog‘cha, maktab, tibbiyot, yo‘l, ichimlik suvi, elektr kabi infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.