Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
📌 Favqulodda vaziyatlar sohasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida muhim masalalardan biri ko‘rib chiqildi.

Kun tartibiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi PF–185-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning yanvar–fevral oylarida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan keng qamrovli profilaktik va nazorat tadbirlari amalga oshirilgan.
Jumladan:
tumandagi 1531 ta obyektning 86 tasi yong‘in xavfsizligi bo‘yicha batafsil o‘rganilgan;
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1814 ta yozma ko‘rsatma berilib, ularning 1178 tasi bajarilgan;
yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan 9 ta obyekt faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan;
84 ta holatda nosoz gaz va elektr uskunalaridan foydalanish taqiqlangan.
Tekshiruvlar natijasida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 146 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy choralar qo‘llanilib, 100 mln so‘mdan ortiq jarima belgilangan.
Shuningdek, aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlari keng yo‘lga qo‘yilib:
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etilgan,
14 mingdan ortiq eslatma va plakatlar tarqatilgan,
160 dan ortiq uchrashuvlar o‘tkazilgan.
Natijada, 2026-yilning dastlabki ikki oyida sodir bo‘lgan yong‘inlar soni 6 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan kamaygan hamda insonlar o‘limi va jarohatlanish holatlari qayd etilmagan.
Hisobotda, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimini takomillashtirish, mahallalarda “xonadonbay” profilaktika tizimini joriy etish, xavf indikatorlari asosida hududlarni toifalarga ajratish, raqamlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumot berildi.

Tumanda 62 ta mahallaga 9 nafar profilaktika inspektori biriktirilgani, kelgusida xavfsiz muhitni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilandi.

Komissiya a’zolari tomonidan sohada mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirish, aholi xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 3