Angren shahrida deputatlar va “mahalla yettiligi” hamkorligidavom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari tomonidan o‘z okruglaridagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilib, “mahalla yettiligi” bilan fuqarolar qabullari tashkil etilmoqda.
Jumladan, Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining 22-saylov okrugidan saylangan deputat Ergashev Erkin Juraevich tomonidan “8 mart” mahallasida "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazilganda fuqarolar qabulida ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganib, aholi murojaatlari hal etilmoqda.