XOTIRA BOR EKAN — MILLAT BARHAYOT
Bugun Qiziltepa tumani markazidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi Bekzod Bobomurodov nutq so‘zlab, Ikkinchi jahon urushiga mamlakatimiz hamda tumandoshlarimizning ishtiroki, g‘alabaga qo‘shgan munosib hissasi haqida aytib o‘tdi.
Tadbirda hokim o‘rinbasarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, nuroniylar hamda ommaviy axborot xodimlari qatnashishdi.
Shundan so‘ng yig‘ilganlar birin-ketin Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, ehtiromlarini namoyon etdilar.