35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
Ogohlik — davr talabi

Bugungi tezkor axborot asrida yoshlarni turli tahdid va ta’sirlardan asrash eng dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati D.Mardonova tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi vakillari hamkorligida tumandagi 8-maktab yuqori sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqot va tarbiyaviy suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida:

Yoshlar turli zararli odatlarga berilib ketish xavfi;

Norasmiy va nosog‘lom guruhga qo‘shilish huquqiy va ijtimoiy oqibatlari;

Internet tarmog‘idagi xavfli saytlar va shubhali kanallarga obuna bo‘lish salbiy ta’siri;

Kiberjinoyatlar va axborot xavfsizligi masalalari atroflicha tushuntirildi.

Mutasaddilar tomonidan yoshlarga axborotni tanqidiy qabul qilish, shubhali taklif va chaqiriqlarga aldanmaslik, qonun talablariga rioya qilish zarurligi ta’kidlandi. Ota-ona va ustozlar nazorati, sog‘lom muhit va bo‘sh vaqtni tashkil etish muhim omil ekani qayd etildi.

Slide 1 of 3