35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
PREZIDENT MUROJAATNOMASI TARGʻIBOTI

PREZIDENT MUROJAATNOMASI TARGʻIBOTI

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan targ‘ibot uchrashuvlari tashkil etilmoqda.

Navoiy shahridagi 22-umumiy oʻrta ta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas'ul xodimasi Dilfuza Imomova, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Feruza Fayziyevalar soʻzga chiqib, Murojaatnomada belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, jumladan, ta’lim tizimini izchil rivojlantirish, zamonaviy yondashuv va ilgʻor tajribalarni joriy etish borasida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda ularning ta’lim sohasi taraqqiyotiga koʻrsatayotgan ijobiy ta’siri yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Slide 1 of 8