35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
MUNOSABAT.

MUNOSABAT.

Toshkentdagi IV xalqaro investisiya forumi: yangi bosqich, yangi imkoniyatlar

2025 -yil 10-11-iyun kunlari Toshkent shahrida IV xalqaro investisiya forumi va xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etildi va mamlakatdagi islohotlarning yangi bosqichiga bag‘ishlandi.

Forum doirasida davlat rahbari o‘z nutqida investisiya muhitini yanada yaxshilash, xorijiy kapital uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va iqtisodiy o‘sishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritdi. Unda strategik sohalarga — ayniqsa, “yashil” energiya, raqamlashtirish, infratuzilma va sanoatga investisiya jalb etish borasida muhim taklif va tashabbuslar bildirildi.

Forum natijalariga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotini yanada liberallashtirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va investisiyaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida amaliy chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, hududlarda media-reja asosida mazkur forum haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish ishlari boshlandi.

Tahlilchilarga ko‘ra, mazkur forum O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy maydondagi nufuzini oshirish, sarmoyadorlar uchun ishonchli hamkor sifatidagi mavqeini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi deb o‘ylayman.

Slide 1 of 1