35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
CHINOZ TUMANI. INVESTITSIYALAR INSON QADRINI ULUG‘LAYDI.

Investitsiya daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylanishi kerak. 

O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti sakkiz yilda 2 barobar ko‘paygan bo‘lsa, 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 milliard dollarga yetkazish prognoz qilinmoqda. O‘tgan yili investitsiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani bu ayni haqiqat. 

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib o‘rnini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarilgani quvonarli hol.

O‘zbekistonda yer osti boyliklarimiz bor, minerallarning katta zaxirasi aniqlangan. Umuman, yer osti boyliklarimizning salohiyati yuqori baholangani ham bejiz emas.

Toshkent investitsiya forumi — bu faqat sarmoya jalb qilish emas, balki O‘zbekistonning iqtisodiy islohotlarini xalqaro hamkorlar oldida namoyish qilish, davlat va biznes hamkorligini mustahkamlash va mamlakatni yangi investitsiya bosqichiga olib chiqishga xizmat qiladi.

Surayyo Axmedova, 

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 1