Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Маҳаллий Кенгашларнинг ижтимоий тармоқлардаги фаолиятини самарали ташкил этиш.
янв.21
Joriy yilning 11-fevral kuni xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyat xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг ўқув-семинари ўтказилди.
янв.21
Ёшлар ва Янги Ўзбекистон: Билим, Инновация ва Масъулият
янв.21
“Ўзбекистон - 2030” стратегиясини такомиллаштиришнинг мазмун-моҳияти ва унинг амалий аҳамияти мавзусида тарғибот тадбири
янв.21
Навоий шаҳридаги вилоят Маънавият ва маърифат марказида — “Туман ва шаҳарларда ер солиғи, ижара тўловлари учун белгиланган қийматларга оширувчи ҳамда камайтирувчи коэффициентларни белгилаш ишларини маҳаллий Кенгашлар депутатларига тушунтиришга бағишланган” семинар
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилояти Кенгашининг навбатдаги олтинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари Навоий вилоят Кенгашининг навбатдаги тўртинчи сессияси бўлиб ўтди.
янв.21
Халқ депутатлари вилоят, туман ва шаҳар Кенгашлари депутатлари ҳамда котибият мудирларининг билим ва кўникмаларини янада мустаҳкамлашга қаратилган икки кунлик ўқув семинар
янв.21
Халқ депутатлари вилоят Кенгаши котибияти мудири Ҳамраев Жамолиддин Жумақулович раислигида Хатирчи тумани “Деҳқонобод” маҳалла фуқаролар йиғинида, маҳалла еттилиги иштирокида ишсизликдан ҳоли ҳудудга айлантириш, ишсиз фуқароларни бандлигини таъминлаш бўйича йиғилиш
Uchquduq tumani “Shalxar” OFYdagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 20-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman Kengashi deputati K.Narchayevlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Uchquduq tumani “Shalxar” OFYdagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini joriy yilning 20-may kuni hududdan saylangan viloyat Kengashi deputati Sh.Narbadalov va tuman Kengashi deputati K.Narchayevlar tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar natijasida tashkilotda ish hujjatlarning yuritilish ahvoli yaxshi tashkil etilganligi guvohi bo‘lindi. Tashkilot ish rejasi tuzilgan, pedagogika kengashi bor, kuzatuv kengashi bor, umumiy yig‘ilishlari o‘tkazilgan, yo‘riqnomalarning ahvoli yaxshi, xodimlarning ish vaqti hisobini yuritish tabeli joyida yuritilgan. Tashkilotning metodisti, psixologi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo‘riqchisi, defektolog va tarbiyachilar ish hujjatlarining ahvoli yaxshi yuritilgan. Pedagoglar uchun maslahatlar berildi. Mahorat maktablari xodimlar bilan suhbat shaklida bilim ko‘nikmalari o‘rganildi. Tashkilot mudirasining uch yillik istiqbol dasturi ijrosi o‘rganildi. Guruh faoliyatini o‘rganishi bo‘yicha mashg‘ulot tahlili olib borilgan. Tarifikatsiya va shtat jadvali hamda moddiy rag‘batlantirish asoslovchi hujjatlari yuritib borilgan. Korrupsiya va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida amaliy ishlar olib borilgan. Ta’lim sifati ahvoli yaxshi, guruhda o‘quv didaktik materiallar tashkil etilgan, bolalar adabiyoti bilan ta’minlangan va ulardan ta`lim jarayolaridan foydalanish ahvoli yaxshi tashkil etilgan. Tarbiyachilarning ish hujjatlarining yuritilishi ish jurnali yuritilgan, tabel-filtr, bolaning rivojlanish xaritasi va bolalar portfoliosi joyida olib borilgan.

Tarbiyalanuvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga ko‘ra to‘garaklar va pullik ta'lim-tarbiya xizmati tashkil etilgan. Hamshira tomonidan yuritiladigan 19 turdagi jurnallarning yuritilishi hamda taomnomalari to‘g‘ri yuritilgan. Omborxonaning sanitariya qoidalariga javob beradi, oshxonaning umumiy ahvoli yaxshi, мahsulotlarning saqlanish muddatiga va qoidalariga rioya qilingan. Tashkilotda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari muntazam ravishda olib borilgan. Tashkilotdagi sport va tadbirlar zallarida yaratilgan shart-sharoitlari o‘rganildi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi bolalar o‘yin maydonchalarining holati o‘rganildi. 

Tashkilotda barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Slide 1 of 9