Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z.Qudratov tomonidan 24 ta muhim yo‘nalish doirasida G‘ujbog‘tepa mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Navbahor tumani Kengashi deputatlariga O'zbekiston Respublikasining muhim qonunlari biriktirib berildi.
янв.21
#yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
Tuman Kengashi raisi T.Abdiyev hamda kotibiyat mudiri Z.Qudratov tomonidan Oqoltin mahallasida mahalla yettiligining faoliyati 24 ta muhim yo‘nalish doirasida atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
DEPUTAT ISHTIROKIDA “SO‘NGGI QO‘NG‘IROQ” TADBIRI O‘TKAZILDI

Zarbdor tumani Lalmikor mahallasidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri tantanali ruhda tashkil etildi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat Islomiddin Allayarov ishtirok etdi.

Tadbir davomida deputat bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana bilan qutlab, ularga kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatida muvaffaqiyat tiladi. O‘z so‘zida yoshlarni doimo izlanishda bo‘lish, zamonaviy bilimlarni egallash hamda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.

Bayram tadbirida o‘quvchilarning sahna chiqishlari, ustozlarga bag‘ishlangan samimiy tilaklar va bitiruvchilarning hayajonli lahzalari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Slide 1 of 2