Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
“Pastki archa” mahallasida ochiq muloqot — muammolarni kechiktirmasdan hal etish bo‘yicha keskin choralar belgilandi

“Pastki archa” mahallasida ochiq muloqot — muammolarni kechiktirmasdan hal etish bo‘yicha keskin choralar belgilandi

Farg‘ona tuman Kengashi deputati Qaxramon Makarov mahalla yettiligi bilan hamkorlikda “Pastki archa” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Muloqot doirasida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalar bo‘yicha kelgusi rejalar belgilab olindi.

Uchrashuvning amaliy qismida hududda joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabidagi isitish tizimining holati, o‘quvchilar davomati va ta’lim jarayonining barqarorligini ta’minlash masalalari o‘rganildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul muassasalarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berish zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, mahallaning infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan amaliy takliflar shakllantirildi. Mazkur takliflarni hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida joriy etish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvga erishildi.

Ushbu ochiq muloqot mahalla hayotidagi dolzarb masalalarni aniqlash, ularga manzilli yondashuv orqali yechim topish hamda jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 6