Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Jizzax viloyatida “Eng namunali Kengash” ko‘rik-tanlovi davom etmoqda

Joriy yilning 15-noyabr kuni “Eng namunali Kengash” ko‘rik-tanlovi doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi faoliyati har tomonlama o‘rganildi. Tadbirda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi kotibiyati mudiri N. Karimova hamda viloyat deputatlari ishtirok etdi.

Tashrif avvalida tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Bekzod Tashpulatov kirish so‘zi bilan chiqish qilib, tanlovning mazmun-mohiyati, mahalliy Kengashlarning bugungi faoliyati va amalga oshirilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng delegatsiya “Oltin vodiy” madaniyat saroyiga tashrif buyurib, 1-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati A. Aralovning saylovchilar bilan uchrashuvini kuzatdi. Muloqot davomida saylovchilarning taklif va murojaatlari tinglandi, ularning yechimiga doir fikr almashildi.

Delegatsiyaning navbatdagi manzili — “Servis Point” savdo va xizmat ko‘rsatish markazi bo‘lib, bu yerda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.

“Navoiy” mahallasida joylashgan stol tennisi majmuasi ham ko‘zdan kechirildi. Majmuaning faoliyati, sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ijobiy baholandi.

Tanlov doirasida Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati tomonidan amalga oshirilgan ishlar taqdim etilib, deputatlar faolligi, murojaatlar bilan ishlash tizimi, ochiqlik va hisobdorlik borasidagi amaliy natijalar bilan tanishtirildi.

Tashrif yakunida delegatsiya “Tinchlik” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, shuningdek, “Yoshlar” ko‘chasida barpo etilgan 24/7 faoliyat yurituvchi ko‘ngilochar ko‘cha infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu ko‘rik-tanlov viloyat bo‘yicha eng namunali Kengashlarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 10