Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Zarbdor tumanida “Mahalla yettiligi” faoliyati yangi bosqichda

Tizim doirasida yettilik rahbarlari har kuni onlayn muloqotlar o‘tkazib, mahallalardagi ishlarni muvofiqlashtirish, hamkorlikni kuchaytirish va mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishida ish olib bormoqda.

Shu bilan birga, yettilik a’zolari joylarga chiqib, mahalla idoralarida targ‘ibot va tushuntirish ishlarini amalga oshirmoqda. Ular joylarda mavjud muammolarni o‘rganib, aholining ehtiyojlarini manzilli hal etish, har bir xonadon bilan bevosita muloqot o‘rnatishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Bu orqali mahalla darajasidagi faoliyatni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholi muammolarini manzilli hal etish va jamoaviy hamkorlikni mustahkamlashga erishilmoqda.

Tadbirlar davomida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi. Unda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati Z.Mullajonov ham ishtirok etib, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi va aholining taklif hamda muammolarini tingladi.

Maqsad — xalq bilan yaqin muloqot va mas’uliyatli mahalla tizimi

Ushbu tashabbusning bosh maqsadi — xalq bilan yaqin muloqot, hamjihatlik, va mas’uliyatli mahalla tizimini shakllantirishdir. Bu orqali Zarbdor tumanida har bir mahalla o‘zining tashabbuskorlik ruhi, jamoaviy birdamligi va fuqarolarga e’tibori bilan ajralib turishi kutilmoqda. 

Slide 1 of 1