Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Toshkent — Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollar muloqoti markaziga aylanmoqda

Toshkent — Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollar muloqoti markaziga aylanmoqda

Bugun Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi majlisi o‘z ishini boshladi. Ushbu nufuzli anjuman mintaqadagi davlatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, shuningdek, ayollarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotdagi faolligini oshirishga qaratilgan muhim minbar hisoblanadi.

Anjumanda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan tashrif buyurgan delegatsiyalar ishtirok etmoqda. Ular orasida davlat va jamoat arboblari, parlament a’zolari, faol tadbirkor ayollar, yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari bor.

Muloqot doirasida gender tengligini ta’minlash, oilani mustahkamlash, xotin-qizlarning ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik sohalaridagi ishtiroki kabi masalalar muhokama etilmoqda. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish, barqaror rivojlanish va tinchlikni ta’minlash yo‘lida ayollar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oila va xotin-qizlar masalalariga qaratayotgan e’tibori tufayli bugun mamlakatimizda ayollar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtidorli xotin-qizlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha keng islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu jihatdan Toshkentda o‘tayotgan mazkur anjuman nafaqat mintaqaviy ahamiyatga ega, balki butun dunyo miqyosida ayollarning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Biz ayollarning tinchlikparvarlik, ezgulik va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz hamda mazkur muloqot kelgusida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yanada samarali hamkorlikka asos solishiga ishonamiz.

🇺🇿Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Irgasheva Nilufar Uralovna

Slide 1 of 1