Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Deputat 1-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

 Kuz-qish mavsumining yaqinlashishi bilan ta’lim muassasalarida xavfsizlik, qulaylik va uzluksiz o‘quv jarayonini ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shu maqsadda xalq deputatlari G`ozg`on shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tomonidan 1-sonli umumta’lim maktabining mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Tashrif davomida binolarning texnik holati, isitish tizimi, elektr tarmoqlari, tom qismi, deraza va eshiklarning mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi vositalarining holati hamda maktab hududining tozaligi ko‘zdan
kechirildi. Maktab rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda asosiy tayyorgarlik ishlari reja asosida bajarilmoqda. Isitish tizimi to‘liq tekshirilgan, nosoz uskunalar ta’mirlangan va kommunikatsiyalar sinovdan o‘tkazilgan.
Tom qismidagi mayda nuqsonlar bartaraf etilgan, sinf xonalari esa sanitariya talablariga mos holda jihozlangan.
Shuningdek, xavfsizlik vositalari – o‘t o‘chirish moslamalari, evakuatsiya yo‘laklari va signalizatsiya tizimlari ham tekshirilib, zarur holatga keltirilgan.

Deputat o‘quvchilar uchun qulay sharoit yaratish muhimligini ta’kidlab, bajarilgan ishlarni yuqori baholadi va ayrim takomillashtirilishi lozim bo‘lgan jihatlarni ko‘rsatib o‘tdi.
Maktab rahbariyatiga kuz-qish mavsumida energiya tejash, bolalar salomatligini himoya qilish va o‘quv jarayonining uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 6