Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Deputat axborot berdi

Deputat axborot berdi

️Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna 2025-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi.

️Deputat D.Mahmudova 2025-yilning joriy uchinchi choragi davomida bajarilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari, ularning yechimi hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Chorak davomida “2-Charx Kamolon” hamda “3-Charx Kamolon” MFYlarda o‘tkazilgan qabul jarayonlarida aholining turli muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borildi.

Mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida, deputat D.Mahmudova tashabbusi bilan mahalliy budjetning 2025-yil 3-chorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan"2-Charx Kamolon” hududida yo'llarni asfaltlash ishlariga mablag' ajratildi.

Deputat D.Mahmudova tomonidan joriy chorak davomida “2-Charx Kamolon” hamda “3-Charx Kamolon” MFYlarga tashrif buyurilib, aholining bandligi, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash masalalari o‘rganildi.

Deputat sifatida u fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, tegishli idoralar bilan hamkorlikda ularning yechimini topish, shuningdek, mahalla institutining nufuzini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan davlat siyosatini amalda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Slide 1 of 5